Yangiliklar
VILOYATDA MAKTABGACHA TA’LIM QAMROVI YIL SO‘NGGIGA QADAR 87,5 FOIZGA YETKAZILADI.
21-iyul 2025-yil
2024-yil yakuni bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3-6 yoshdagi 86 924 nafar bolalarning 74 271 nafari yoki 85,4 foizi qamrab olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich joriy yil yakuniga qadar 87,5 foizga yetkazilishi belgilab olingan. Ya’ni, viloyatdagi 3-6 yosh 92 889 nafar bolalarning 81 280 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati