Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiyda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun voleybol bo‘yicha respublika bosqichi boshlandi

23-iyul 2025-yil
image

Navoiy viloyati Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

Musobaqa ochilish marosimida O‘zbekiston "Yoshlik" JTS jamiyati Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari A.Yo‘ldashev, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi viloyat bo‘limi raisi, viloyat IIB boshlig‘i A.Tasbayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i J.Murtozayev ishtirok etdilar.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.

Unda respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 7–8-sinf o‘quvchilaridan iborat o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari ishtirok etmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB