Yangiliklar
“Mental Kids” – Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
28-iyul 2025-yil
Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan “Mental Kids” tanlovining Respublika bosqichida 9–10 yoshli iqtidorli yoshlar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ–4467-sonli qarori, 2025-yil 4-fevraldagi 04-38-538-sonli xat hamda 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida, “Dolzarb 90 kun” dasturi asosida tashkil etildi.Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani Barkamol avlod bolalar maktabi o'quvchisi Oleg Selevanov faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, faxrli 2-o'rinni Namangan viloyati, Navbahor tumani Barkamol avlod bolalar maktabi o'quvchisi Asilbek Abdujalilov egalladi. Navoiy viloyati, Navbahor tumani "Barkamol avlod bolalar maktabi o'quvchisi Munisa Jo‘raqulova faxrli 3-o'ringa munosib ko'rildi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati