Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIGʻI FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI.
1-avgust 2025-yil
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Konimex tumanining olis cho‘l hududi sanalmish "Baymurat" OFY fuqarolari murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ushbu hududdagi ta’lim muassasalarida ayrim fanlardan mutaxassislar yetishmasligi yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan mazkur masala nazoratga olinib, ijobiy hal qilinishi bo‘yicha va’da berildi.
Boshqarma boshlig‘i shundan keyin hududdagi 32- hamda 33-umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, muassasalarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va bu yerda tashkil etilgan "Aqlvoy" mobil guruhlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, hududdagi 32-maktabda joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida 96 o‘rinli o‘quv binosi qurilayotgan bo‘lsa, 33-maktabda "Tashabbusli byudjet" joriy yil 1-mavsumida 120 o‘rinli bino qurish uchun mablagʻ yutib olingan bo‘lib, ayni vaqtda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati