Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2-sonli hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

4-avgust 2025-yil
image

Bugun Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2-sonli hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma rahbari R. Hayitova, o‘rinbosarlar, bo‘lim va sho‘ba boshliqlari, tuman/shahar bo‘lim rahbarlari, BABM direktorlari, viloyatdagi mavjud maktab direktori va DMTT mudiralari ishtirok etdi.

Kun tartibiga qo‘yilgan 2024–2025 o‘quv yili yakuni va ta’lim sifati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga yaratib berilgan sharoitlar, yozgi sog‘lomlashtirish ishlari, umumta’lim maktablari sinf rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-son qarori ijrosi bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB