Yangiliklar
Navoiyda navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkazildi
21-avgust 2025-yil
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Ushbu qarorga muvofiq, ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.
Mazkur sinovlarda viloyatimizdan onlayn ariza topshirgan 370 nafar pedagog o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Ma’lumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati