Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NAVOIYDA YANGI BAHOLASH TIZIMI ASOSLARIGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR-TRENINGLAR O‘TKAZILMOQDA

22-avgust 2025-yil
image

Navoiy davlat universitetida tashkil etilgan mazkur seminar-treningda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan, mazkur baholash tizimiga tushgan umumta’lim maktablarining O‘IBDO‘lari hamda e-maktab bo‘yicha shug‘ullanayotgan mas’ul xodimlarga tizim afzalliklari, baholash mezonlarini ishlab chiqish tartibi haqida tushunchalar berib, yangi tizimni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilmoqda.

Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarning yutuqlarini xolis baholash, mezonlarni ishlab chiqish va tahlil qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashmoqda.

Ma’lumot uchun: 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi mazkur baholash tizimiga o‘tuvchi maktablar soni 150 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB