Yangiliklar
Navoiyda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: jurnalistlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi
28-avgust 2025-yil
Navoiy viloyatida yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari doirasida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi. Tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar Karmana tumanidagi 32-umumta’lim maktabi hamda 30-son DMTTga tashrif buyurib, yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, ta’lim sharoitlari, qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Matbuot anjumanida viloyatdagi ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati