Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i Ra’no Hayitovaning Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi

1-sentabr 2025-yil
image

Aziz yurtdoshlar, muhtaram o‘qituvchi va murabbiylar!

Siz azizlarni yurtimiz hayotida beqiyos o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida yurt ravnaqi, xalq farovonligi, yosh avlod tarbiyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz, xususan kelajagimiz poydevorini yaratishda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylarimiz mehnatini yuksak qadrlaymiz.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan shior ostida har birimiz yurt ravnaqi yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib, kelajagimizni barpo etishda faol ishtirok etmoqdamiz.

Ushbu ulug‘ ayyomda Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz bardavom bo‘lsin!

Ra’no Hayitova
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

 

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB