Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIGʻI KARMANA TUMANIDAGI "JASORAT MAKTABI" DA BO‘LDI
4-sentabr 2025-yil
Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Karmana tumaniga tashrif buyurdi.
Boshqarma boshlig‘i 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi”da bo‘lib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Muloqot samimiy va iliq ruhda o‘tib, yoshlar qalbida kuchli taassurot uyg‘otdi. Tadbir davomida yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishi, Vatanga sadoqat va harbiy xizmatga tayyorgarlik kabi mavzular muhokama qilindi
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilidan boshlab yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxslar sifatida shakllantirish, shuningdek, harbiy xizmatga tayyorlash hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Jasorat maktablari” tashkil etildi
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati