Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Konimexda “Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi! 

11-sentabr 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7630042)ga asosan, har bir tuman va shaharda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugun Konimex tumanida "Ilk rivojlanish markazi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, IHMA viloyat boshqamasi mas’ul xodimi L.Obloqulovlar ishtirok etib, markazning ahamiyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Mazkur markazlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatga moslashuvi va ta’limga tayyorligini ta’minlash, yosh va individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratishdan iborat.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB