Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘qituvchilik - bu kasb, ustozlik esa baxtdir!

16-sentabr 2025-yil
image

Navoiy viloyati hokimligida 1 oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ta’lim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib, o‘z tajriba va pedagogik mahorati bilan yosh avlod tarbiyasida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan soha xodimlari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, ustoz va murabbiylar mehnatini e’tirof etdi. 

Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar Vatanimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlandilar. Ular orasida 5 nafar viloyatimiz ustoz va murabbiylari ham borligi qalbimizda cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Tadbirda bir qator soha fidoyilari hokimlik Faxriy yorliqlari bilan ham taqdirlandi. 

Davlatimiz rahbari Uchinchi Renessansga erishishni strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bosh maqsadini ifoda etarkan, unga eltuvchi yagona yo‘l ta’lim orqali ekanligini ta’kidlaydi. 

Bugun o‘qituvchi va ustozlik shunchaki kasb bo‘lib qolmasdan, zamon da’vati va mohiyatiga ko‘ra taraqqiyotning olijanob missiyasiga aylandi. Millatning ertasi maktablardan, dunyoqarashi keng, bilimli, mehrli ustozlarning tarbiyasidan boshlanadi.

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami viloyat bo‘ylab davom etadi...

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB