Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

PSIXOLOGLAR UCHUN VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI. 

16-sentabr 2025-yil
image

Navoiy viloyatida “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar hamda ularni oldini olish” mavzusida viloyat o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i asosida, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining mas’ul metodisti M.Sodiqova ishtirok etdi.

Unda o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish, ularning psixoemotsional holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab psixologlari uchun sho‘balarda amaliy trening-mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB