Yangiliklar
“JAJJI NURLI YULDUZLAR" FESTIVALINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
19-sentabr 2025-yil
Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli yulduzlar” festivalining viloyat bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bolajonlar raqs, qo‘shiq, ertak va milliy kuylar ijrosidagi chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Har bir ishtirok sahnadagi ishonch, estetik ko‘rinish va ijodiy chiqishlari bilan yodda qoldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Sehrli harakat” nominatsiyasi bo‘yicha – Shahrigul Orifboyeva (Navbahor tumani, 4-DMTT), “Ajdodlar merosi” (jamoaviy) nominatsiyasi bo‘yicha – 13-son DMTT jamoasi (Nurota tumani), “Jajji xonanda” nominatsiyasi bo‘yicha – Alijon Aminov (Navoiy shahri, 29-DMTT), “Mo‘jizaviy kuylar” nominatsiyasi bo‘yicha – Mexriddin Mirpulatov (Zarafshon shahri, 8-DMTT) g'oliblikmni qo'lga kiritdi.
G‘oliblar Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi. Ishtirokchilar boshqarma boshlig'ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.