Yangiliklar
YOSHLAR VA IQLIM TA’LIMI
26-sentabr 2025-yil
O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qo‘shma loyiha ishga tushirildi.
Iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” loyihasi BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va "Ta’lim hamma narsadan ustun" jamg‘armasi (Qatar) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda
Navoiy shahrida o‘tkazilgan tadbirda 150 nafar maktab o‘quvchilari va yoshlar yetakchilari loyiha maqsadlari bilan tanishdi. Ular iqlim o‘zgarishi, toza energiya va barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlarda ishtirok etib, “Yosh yashil elchilar” jamoasini shakllantirdi
Loyiha ayniqsa Orolbo‘yi hududlarida suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish muammolariga duch kelayotgan aholi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlarni mahalliy ekologik muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga undaydi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati