Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiyda “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali "Va’da berish" marosimi bo‘lib o‘tdi

26-sentabr 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab Navoiy viloyatida 11 ta “Jasorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun viloyatning barcha hududlarida mazkur maktablarga qabul qilingan o‘quvchilar ishtirokida ilk bor “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashabbus yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, mardlik, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni kelajakda yurt himoyasiga munosib tayyorlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning iyul oyida Navoiy viloyatidagi “Jasorat sinflari”ga o‘quvchilar ikki bosqichli tanlov (test va jismoniy tayyorgarlik) asosida qabul qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra jami 286 nafar 5-sinf o‘quvchisi “Jasorat maktablari” safiga qo‘shildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB