Yangiliklar
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni
9-oktabr 2025-yil
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida “Kitobxon qizlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ullari hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, qizlarga hayotiy tajriba, o‘zini rivojlantirish, kitobxonlik va madaniyatiga oid muhim tavsiyalarni taqdim etishdi.
Jarayonda o‘quvchi qizlar o‘rtasida mushoira, zakovat, shaxmat va rasm chizish bo‘yicha tanlovlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarining ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yuksaltirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Bu tadbir nafaqat ijodiy va madaniy muhitni boyitdi, balki o‘quvchi qizlarni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati