Yangiliklar
“Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari davom etmoqda
9-oktabr 2025-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab filologiya yo‘nalishida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari tashkil etildi
Navoiy viloyatining 11 ta tuman (shahar)lardagi 15 ta tayanch maktablarda tashkil etilgan 15 ta guruhda ham filologiya yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar mazkur tadbirlarda qatnashdi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasidagi seminar-treninglarda:
➖ “Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari”
➖ Kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun faollashtiruvchi mashqlar (Energizers/Warm-ups) va tinchlantiruvchi mashqlar (Calm-down activities)dan foydalanish kabi mavzularda so'z bordi
Mashg‘ulotlarni kuzatish maqsadida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M.Qo‘shoqov mazkur muassasada bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘iga asosan, barcha tuman, shahar maktablarda “KRK” va “KRS” tadbirlarini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, viloyatda 11 fan bo‘yicha 79 ta tayanch maktablar belgilangan.