Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NAVOIYDA ASOSIY FAN  OLIMPIADASINING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHIGA START BERILDI

14-oktabr 2025-yil
image

Bugundan Respublikamiz bo‘ylab start olgan Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi viloyatimizda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Bugundan Respublikamiz bo‘ylab start olgan Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi viloyatimizda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Olimpiada sinovlari onlayn tarzda tashkil etilgan bo‘lib, bugun 9-, 10-, 11-inf o‘quvchilari matematika fanidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Mazkur jarayonlarni ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi.
Tuman (shahar) bosqichi faqat test topshiriqlaridan iborat bitta turda o‘tkaziladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlarida test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa, qolgan ikkinchi guruh fanlarida 60 daqiqa vaqt ajratilishi belgilangan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB