Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

21-oktabr 2025-yil
image

Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar!

Bugun – yuragimizga yaqin, qalbimizga muqaddas bo‘lgan kun. Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana barchamiz uchun faxr va iftixor bayramidir!

Davlatimiz rahbarining "Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir" degan so‘zlari, bugungi kunning naqadar muhim va tarixiy ahamiyatga ega ekanini yana bir bor yodimizga soladi.
O‘zbek tili nafaqat kundalik hayotimizning ajralmas qismi, balki millat g‘ururi, istiqlol timsolidir. U xalqimizning asrlar davomida to‘plagan donishmandligi, zakovati va ma’naviy boyligini o‘zida mujassam etgan ulkan xazinadir.

Shu ulug‘ ayyom – ona tilimiz bayrami munosabati bilan siz aziz yurtdoshlarimizni, ustozlarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!

Ra’no Hayitova
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Telegram (https://t.me/navoiy_viloyat_mmtb) | Facebook (https://facebook.com/navoiy.mmtb.3) | Instagram (https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/)

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB