Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiyda “MUVOZANAT” treningi: pedagoglar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturi bo'lib o'tdi

24-oktabr 2025-yil
image

Navoiy shahrida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun “Muvozanat” nomli ikki kunlik psixologik trening joriy yilning 23-24-oktabr kunlari bo'lib o'tdi.

Tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilib, u pedagoglarning emotsional salomatligini mustahkamlash hamda professional charchashning oldini olishga qaratilgan.

Treningda:

▫️emotsional holatni tiklash va stressni boshqarish;

▫️professional va hissiy charchashning oldini olish usullari;

▫️jamoada sog‘lom va do‘stona muhit yaratish;

▫️o‘z-o‘zini boshqarish hamda emotsional qo‘llab-quvvatlash texnikalari;

▫️emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish;

▫️ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlikning oldini olish.

Dasturning asosiy maqsadi — pedagoglarga ichki tinchlikni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash va ta’lim jarayonida ijobiy emotsional muhitni shakllantirishda yordam berishdir.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB