Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Maktabgacha ta’limda sog‘lom psixoemotsional muhit — barkamol avlod garovi

16-dekabr 2025-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va psixologlari ishtirokida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish, shuningdek tarbiyalanuvchilar shaxsiyatini shakllantirish” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Niyazov bugungi seminar mavzusining dolzarbligiga alohida to‘xtalib, maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning psixoemotsional holatini qo‘llab-quvvatlashda tarbiyachilar va psixologlarning mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, seminar ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos bilim va tajribaga ega bo‘lib, bunday uchrashuvlar davomida bildiriladigan fikr va takliflar ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur oʻquv-seminar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom psixoemotsional muhitni shakllantirish, bolalarning shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB