Yangiliklar
Qiziltepa tumanida “Zarafshon tajribasi” asosida tuman seminari o‘tkazildi
19-dekabr 2025-yil
Bugun Qiziltepa tumanidagi 12-, 24-, 25-, 26-, 27-, 30 va 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zarafshon tajribasi: maktabgacha ta’lim tashkilotining bir kunlik faoliyati” mavzusida tuman seminari tashkil etildi.
Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, bo‘lim mutaxassislari, tumandagi barcha DMTT direktorlari, o‘rinbosarlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
Jarayonda MTT larda tashkil etilgan “Turon” teatri faoliyati kuzatilib, “Eko yo‘lak” va “Eko burchaklar”i ko'zdan kechirildi. Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari faoliyatini samarali tashkil etish, guruhlarda ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Pedagoglarning kundalik rejalashtirish va zamonaviy yondashuvlarga asoslangan amaliy faoliyati bevosita kuzatildi.
Taqdim etilgan ilg‘or tajribalar ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholanib, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati