Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi

22-dekabr 2025-yil
image

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hayitova Ra’no Zokirovna ta’lim sohasidagi samarali faoliyati hamda ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

So‘nggi yillarda viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, umumta’lim muassasalarida ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish borasida qator tizimli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda ta’lim boshqarmasi tomonidan joriy etilgan innovatsion yondashuvlar va tizimli boshqaruv mexanizmlari muhim rol o‘ynadi.

Mazkur mukofot nafaqat bir rahbarning shaxsiy yutug‘i, balki ta’lim yo‘lida birlashgan butun jamoaning mehnati, viloyat ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ko‘p ming sonli ustoz va murabbiylarning intilishlari ramzidir.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB