Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

8-may 2023-yil
image

    Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, joriy yilning 5- may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Xatirchi tumani Xalq ta’limi bo‘limi kadrlar bo‘limida faoliyat ko‘rsatuvchi Mamatova Dildoraning murojaati” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

         Xatirchi tuman Xalq ta’limi bo‘limida kadrlar bo‘yicha inspektor-metodisti Mamatova Dildora Yuldoshevna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi  “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son, 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 2-XDFU-sonli, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2023-yil 7-fevraldagi №63-kb-son hamda tuman Xalq ta’limi bo'limining 2023-yil 8-fevraldagi 135-5-77-XT-2023-sonli buyrug‘iga muvofiq xodimlar soni (shtati) qisqarganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan, Mamatova Dildora Yuldoshevna bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2 (ikki) oydan so‘ng bekor qilinishi to‘g‘risida 2023-yil 8-fevraldagi 01-02-27-sonli ogohlantirish xati bilan ogohlantirilgan.

     Ogohlantirish xatida ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek, davlat va jamoat topshiriqlarini bajargan vaqtlari kirmasligi;

     Ogohlantirish muddati davrida xodim haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslikka va bu vaqtdan boshqa ish qidirish uchun foydalanishga haqliligi;

    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga ko‘ra xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkinligi;

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga muvofiq belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Mamatova Dildora Yuldoshevna ogohlantirish xati davrida 2023-yilning 7-aprel kunidan 2023-yilning 22-aprel kunigacha kasallik varaqasida bo‘lganligi, ayni vaqtda Xatirchi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tegishli buyrug‘i bilan joriy yilning 24-aprel kunidan 26-may kuniga qadar qo‘shimcha ta’tilda bo‘lib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi ta’limning 2-bosqichida ta’lim olayotganligi sababli u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB