Yangiliklar
Boshlang‘ich ta’lim — ta’limning poydevori
24-fevral 2026-yil
Navbahor tumanidagi 21-AFCHO‘IMda ta’lim sifati va metodik yondashuvlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Boshlang‘ich ta’lim — ta’limning poydevori” mavzusida viloyat miqyosidagi seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat Pedagogik mahorat markazi mutaxassislari, shuningdek, Navoiy davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir dastlab ishtirokchilarni faol va ijodiy muhitga jalb etishga qaratilgan psixologik trening bilan boshlandi. Shundan so‘ng jamoaviy fikrlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Seminarda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan ochiq darslar hamda mahorat darslari namoyish etildi.
Mazkur seminar boshlang‘ich ta’limda sifatli ta’limni ta’minlash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni hududlarda keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.