Yangiliklar

.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi

10-mart 2026-yil
image

Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 1-sonli hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i R. Hayitova, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim va sho‘ba rahbarlari, viloyat bolalar kutubxonasi mutasaddilari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda mas’ul xodimlar, shuningdek, viloyatdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha joriy yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Xususan, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomati, bu borada psixolog-inspektorlar bilan hamkorlik, ota-onalar bilan ishlash holati hamda ta’lim muassasalarida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini keng joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarining 7–11-sinf o‘quvchilarini mazkur loyiha doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil etish holati yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobotlar tinglandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, tizim oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB