Yangiliklar
PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari davom etmoqda
15-aprel 2026-yil
Joriy yilning 15-aprel kuni Navoiy va Buxoro viloyatlarida tanlab olingan umumta’lim maktablarida PIRLS 2026 xalqaro baholash dasturining asosiy sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur xalqaro tadqiqotda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning barcha hududlaridan 164 ta maktab reprezentativlik va tasodifiylik tamoyillari asosida saralab olingan bo‘lib, unda 6000 nafarga yaqin 4-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari, 214 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari hamda 164 nafar maktab direktorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
PIRLS tadqiqoti o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan bo‘lib, unda matndan ma’lumotlarni ajratib olish, xulosalar chiqarish, g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda matn mazmunini tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalari o‘rganiladi.
Xususan, Navoiy viloyatida tadqiqot jarayonlarida 5 ta umumta’lim maktabidan 193 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, 7 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari hamda 5 nafar maktab direktorlari ishtirok etdi.
Mazkur baholash dasturi orqali ta’lim tizimining xalqaro standartlarga mosligi hamda zamonaviy o‘zgarishlarga moslashuvchanligi aniqlanadi.
Ishtirokchi o‘quvchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!