Yangiliklar

.

NAVOIY VILOYATIDA “JASORAT UCHQUNLARI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

17-aprel 2026-yil
image

Navoiy viloyatida “Jasorat maktabi” o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Mardlik, bilim va sadoqat” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur musobaqa ilk marotaba o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lib, unda joriy o‘quv yilidan faoliyat boshlagan hududdagi 11 ta “Jasorat sinflari” o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuvlar nizom talablariga muvofiq 5 ta shart asosida tashkil etildi. Jumladan, jamoalar:

Saf tayyorgarligi,

Tibbiy tayyorgarlik,

Robototexnika,

Huquqiy savodxonlik,

Milliy sport o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqada Navbahor tumani 34-maktabining “Temuriylar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Navoiy shahar 1-maktabining “Amir Temur izdoshlari” jamoasi 2-o‘ringa loyiq topilgan bo‘lsa, Nurota tumani 2-maktabining “Qalqon” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va ishtirokchi jamoalar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Navbahor tumani 34-maktabining “Temuriylar” jamoasi musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB