Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
8-may 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, joriy yilning 7-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Karmanada 2-sinf o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani iddao qilinmoqda” sarlavhali ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari voqeadan xabardor bo‘lgach, zudlik bilan ishchi guruh tuzildi hamda vaziyat nazoratga olindi.
Mazkur holat joriy yilning 2-may kuni Karmana tuman 5-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi M.Sh. bilan sodir bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda ushbu maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gʻ.Z. ga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda. Bundan tashqari, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Karmana tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu holat nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.