Yangiliklar
Navoiy viloyatida “Muhandislik-ixtirochilik” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
21-aprel 2026-yil
Navoiy viloyatida “Muhandislik-ixtirochilik” olimpiadasining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur olimpiadada umumta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar quyidagi ikki yo‘nalishda tashkil etildi:
Mexatronika va robototexnika (matematika, informatika, fizika)
Yashil energetika va elektr qurilmalar (kimyo, biologiya, fizika)
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar g‘olib deb topilib, olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova olimpiada g‘oliblari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning erishgan yutuqlari yuksak baholanib, ularning kelgusidagi muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lishi tilandi. Shuningdek, respublika bosqichida ham yuqori natijalarga erishishlariga ishonch bildirildi.
G‘olib o‘quvchilar diplom hamda belgilangan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi (o‘g‘il bolalar):
1-o'rin - Abdunazarov Parvin (NDKTU akademik litseyi);
2-o'rin - Shamsiyev Asilbek (NDKTU akademik litseyi);
3-o'rin - Abdurashidov Suxrob (Uchquduq tumani 20-maktab) qo'lga kiritdi.
Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi (qiz bolalar):
1-o'rin - Tursunqulova Dilnura (NDKTU akademik litseyi);
2-o'rin - Mirzayeva Lobar (NDKTU akademik litseyi);
3-o'rin - Ahadova Gulmira (NDKTu akademik litseyi) egalladi.
Yashil energetika va elektr qurilmalar yo‘nalishi (qiz bolalar):
1-o'rin - Axrorova Charos (Navbahor tumani 9-maktab);
2-o'rin - Xolmurodova Munisabonu (Qiziltepa tumani 14-maktab);
3-o'rin - Baxronova Sumayya (Navbahor tumani 26-maktab) qo'lga kiritdi.
Yashil energetika va elektr qurilmalar yo‘nalishi (o‘g‘il bolalar):
1-o'rin - Abdullayev Akmal (NDKTu akademik litseyi);
2-o'rin - Baxtiyorov Bobur (NDKTu akademik litseyi);
3-o'rin - Odilov Azizbek (Navbahor tumani 8-maktab) egalladi.
Mazkur olimpiada yoshlarning muhandislik tafakkurini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar sohasiga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Endilikda viloyatimiz sharafini respublika bosqichida himoya qiladigan yoshlarimizdan yuksak natijalar kutilmoqda.