Yangiliklar

.

BIR KUNDA 11 TA TA’LIM MUASSASASIGA TASHRIF: BOSHQARMA BOSHLIG‘I KONIMEXDA...

1-may 2026-yil
image

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova kuni kecha Payshanba – yoshlar kuni doirasida Konimex tumanida bo‘lib, ta’lim muassasalarida yoshlar hamda pedagoglar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Dastlab tumandagi 16-son umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i 8-, 13-, 14-, 16-, 24-, 28-, 34-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlarda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbus va imkoniyatlar, oliy ta’limga kirishdagi yangi yengilliklar, xalqaro TOP universitetlarda tahsil olish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, fanlarni puxta o‘zlashtirish, xorijiy tillarni bilish hamda xalqaro va milliy sertifikatlarning oliy ta’limga kirishdagi afzalliklari alohida ta’kidlandi.

Yoshlarning ma’naviy kamoloti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida TOP-100 kitoblar yuzasidan ham qiziqarli suhbat tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar o‘quvchilarda katta ishonch, yuksak maqsad va ertangi kunga bo‘lgan intilishni yanada mustahkamladi.

Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i hududdagi 3-, 12-, 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sog‘lom ovqatlanish tizimi, tozalik, obodonlashtirish hamda tarbiyaviy muhit bilan yaqindan tanishdi.

Har bir muassasa rahbarlari va mas’ullarga ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikni kuchaytirish hamda tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bir kunlik tashrif yo‘li 750 kilometrdan oshdi.
Bu esa ta’limga bo‘lgan e’tibor, yoshlar kelajagiga qaratilgan amaliy g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB