Yangiliklar
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosababti bilan bayram tabrigi
1-iyun 2026-yil
Aziz va qadrli bolajonlar!
Sizlarni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bolalik — inson umrining eng beg‘ubor, eng musaffo va eng baxtiyor davridir. Sizlarning quvonchli kulgingiz, samimiy nigohlaringiz va ezgu orzularingiz yurtimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi.
Har biringizning iste’dodingiz, qiziqishlaringiz va orzularingiz biz uchun g‘oyat qadrli. Sizlarning sifatli ta’lim olishingiz, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashingiz, o‘z salohiyatingizni to‘liq namoyon etishingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.
Aziz o‘quvchilar!
Doimo katta orzular bilan yashang, ilm olishdan aslo to‘xtamang, yangilik yaratishga intiling. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning yorqin istiqboli sizlarning bilim, salohiyat va shijoatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ushbu quvonchli bayram kunida barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz quvonch, baxtiyor bolalik, yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilayman.
Qalbingizdagi ezgu niyatlar ro‘yobga chiqsin, hayotingiz doimo shodlik va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
Ra’no Hayitova
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i