Yangiliklar

.

Navoiyda ta'lim infratuzilmasi: joriy yilda 81 ta loyiha amalga oshirilmoqda

14-iyul 2026-yil
image

Navoiy viloyatida 2026-yilda ta'lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarini qamrab olgan jami 81 ta qurilish hamda ta'mirlash loyihasi ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar va o‘quvchilar uchun zamonaviy ta'lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida jami 24 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Xususan:

12 ta yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etilmoqda;
3 ta muassasa rekonstruksiya qilinmoqda;
7 ta bog‘chada mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda;
2 ta muassasada joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

Mazkur loyihalar natijasida:

990 ta yangi bog‘cha o‘rni yaratiladi;
100 ta mavjud o‘rin rekonstruksiya qilinadi;
1 945 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.

Viloyatdagi umumta'lim maktablarida 57 ta loyiha hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan:

35 ta maktab rekonstruksiya qilinmoqda;
19 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda;
3 ta maktabda joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihalar yakuniga yetgach:

7 758 ta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etiladi;
16 806 ta o‘quvchi o‘rni zamonaviy ta'lim standartlari asosida yangilanadi.

Mazkur loyihalar:

Investitsiya dasturi;
Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘lari;
Mahalliy budjet hamda boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilmoqda:

Natijada viloyat bo‘yicha jami 18 751 ta ta'lim o‘rni zamonaviy talablarga moslashtiriladi.

Amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar viloyatda bolalar va o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay hamda zamonaviy ta'lim muhitini shakllantirish, ta'lim sifati va qamrovini yanada kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB