Yangiliklar

.

KITOBXONLIK SOATI YOXUD BU ROMANNI BIR MARTA EMAS, BESH MARTA O'QISH KERAK!

17-iyul 2026-yil
image

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yangi nashrlar va tarjimalarni keng ommalashtirish hamda aholi o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat xizmatchilari uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati asosida Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida asarning g‘oyaviy-badiiy mazmuni, unda aks ettirilgan tarixiy davr, makon va zamon tasviri, qahramonlar xarakteri hamda asarda uchraydigan so‘z va iboralarning mazmuni yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar romanning milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, ma’naviyat va ma’rifatni targ‘ib etishdagi o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Bu kabi ma’rifiy soat va muloqotlar davlat xizmatchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB