Yangiliklar

.

DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ANOMAL ISSIQ SHAROITIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA

17-iyul 2026-yil
image

Navoiy viloyatida ayni kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar izchil amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Latipov boshchiligidagi tegishli mas’ullar Karmana tumanida ayni vaqtda an’anaviy tarzda faoliyat yuritayotgan 15-, 23- va 24-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Jarayonda guruh xonalaridagi harorat va shamollatish tizimi, ichimlik suvi zaxirasi, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan sog‘lom ovqatlanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga yozning issiq kunlarida tarbiyalanuvchilar salomatligini asrash, ularning ochiq maydonlardagi mashg‘ulotlarini ob-havo sharoitidan kelib chiqib tashkil etish, xonalarni muntazam shamollatish, ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida anomal issiq davrida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash yuzasidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB