Yangiliklar

.

NAVOIY SHAHRIDA 810 O‘RINLI ZAMONAVIY QO‘SHIMCHA O‘QUV BОNОSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

26-avgust 2026-yil
image

Navoiy shahridagi 19-umumta’lim maktabi hamda unga qo‘shimcha ravishda barpo etilgan 810 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, Navoiy shahar hokimi D. Ergashev, tegishli mas’ullar, nuroniylar hamda pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangi binoning ochilishi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qaroriga asosan amalga oshirildi.
Loyiha doirasida mazkur maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 810 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi. Qurilish ishlari uchun 7,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB