Yangiliklar

.

NAVOIYDA MEZONLARGA ASOSLANGAN BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR SONI 201 TAGA YETDI

28-avgust 2026-yil
image

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash, ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilish hamda baholashning zamonaviy yondashuvlarini kengaytirish maqsadida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Navoiy viloyatidagi yana 51 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.

Shu tariqa, viloyatda mazkur tizim joriy etilgan maktablar soni 201 taga yetadi.
Ma’lumot uchun, mezonlarga asoslangan baholash tizimi 2023/2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy etilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib viloyatdagi jami 367 ta umumta’lim maktabining 55 foizida mazkur baholash tizimi joriy etilgan.
Tizimni joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — baholash jarayonida xolislik va shaffoflikni ta’minlash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida baholash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishdan iborat.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB