Yangiliklar

.

NAVOIYLIK PEDAGOGLAR XORIJDA MALAKA OSHIRIB QAYTISHDI

3-sentabr 2026-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, “Yangi O‘zbekiston” universitetida umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarining informatika, axborot texnologiyalari hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni Massachusets texnologiya instituti (MIT)ning sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim dasturlari asosida kasbiy rivojlantirish va mentorlar tayyorlash loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur loyiha doirasida saralash natijalariga ko‘ra, eng yaxshi 100 nafar o‘qituvchini dunyoning yetakchi universitetlarida malaka oshirish uchun yuborish belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Navoiy viloyatidan tavsiya etilgan 4 nafar pedagog joriy yilning 15–28-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasidagi Gonkong fan va texnologiyalar universitetida malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etdi.
Shuningdek, viloyatimizdan yana 3 nafar pedagog Finlyandiyada tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida qatnashib, ta’lim jarayonining ilg‘or uslublari va zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashdi.
Xorijiy malaka oshirish dasturlari davomida pedagoglar zamonaviy ta’lim metodikalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar hamda sohadagi xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishib, o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur tajribaning amaliyotga tatbiq etilishi viloyatda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB