Yangiliklar

.

KONIMEXDA YANGI NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

3-sentabr 2026-yil
image

Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Konimex tumani “Birlik” MFYda tashabbuskor tadbirkor tomonidan tashkil etilgan 50 o‘rinli yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida mazkur ta’lim maskanida bolalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini yanada oshirish, ota-onalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish va eng muhimi, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB