Yangiliklar

.

NAVOIYDA AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI TANTANALI OCHILDI

3-sentabr 2026-yil
image

Navoiy shahridagi “Yoshlik” mahallasi hududida barpo etilgan 504 o‘rinli Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, yangi ta’lim dargohining ochilishi bilan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etdi.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan mazkur ta’lim muassasasi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Majmua tarkibida 504 o‘rinli maktab binosi, 222 o‘rinli yotoqxona va zamonaviy sport zali barpo etilgan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, yashashi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
36,2 milliard so‘mlik loyiha asosida qad rostlagan ushbu zamonaviy ta’lim maskani kelgusida bilimli, iqtidorli va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB