Yangiliklar

.

NAVOIYDA BUGUNGI KUNDA 26 TA MOBIL GURUHI FAOLIYAT YURITMOQDA

9-sentabr 2026-yil
image

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida muqobil ta’lim shakllaridan biri — mobil guruhlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatining Konimex, Nurota, Xatirchi va Navbahor tumanlarida 7 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qoshida, 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inida mobil guruhlar tashkil etilgan.
Mazkur hududlarda 7 ta “Aqlvoy” avtobusi hamda 14 ta o‘yin maydonchasi negizida jami 26 ta mobil guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda ushbu mobil guruhlarga 356 nafar bola qamrab olinib, ularning maktabgacha ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Bu kabi muqobil ta’lim shakllari, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlarda yashovchi bolalarni ta’limga kengroq jalb etish, ularning maktab ta’limiga puxta tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB