Yangiliklar
Karmanadagi maktabda agrar ta’lim kooperatsiyasi amaliyotga joriy etilmoqda
11-sentabr 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi tegishli qarori ijrosi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida agrar ta’lim kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab 7–11-sinf o‘quvchilari uchun kimyo va biologiya fanlaridan chuqurlashtirilgan variantiv sinflar tashkil etildi.
Mazkur sinflarda ta’lim jarayoni an’anaviy yondashuvdan ko‘ra nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish va o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.
Bunday sinflarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarda yoshligidan agrar soha uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, fanlarni real amaliyot bilan bog‘lash hamda qishloq xo‘jaligida zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga qiziqishni oshirishdan iboratdir.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati