Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
15-sentabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sobiq direktori faoliyatiga oid turli xabarlar tarqalmoqda.
Jumladan, unga nisbatan sud tomonidan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur ma’lumot haqiqatga mos emas.
Sudlanganlik holati yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilganda, sobiq direktorga nisbatan 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlashni taqiqlovchi jazo yoki cheklov belgilanmaganligi aniqlandi.
Shu sababli, uning Qiziltepa tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanishiga sud tomonidan belgilangan bunday huquqiy to‘siq mavjud emas.
Shu munosabat bilan, jamoatchilikka ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarga xolis munosabatda bo‘lish, ishonchli va rasmiy manbalarga tayanish lozimligini eslatib o‘tamiz.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati