Yangiliklar
NAVOIYLIK 10-SINF O‘QUVCHISI BEHRUZ JO‘RAYEV IELTS’DAN 8,5 BALL OLDI
21-sentabr 2026-yil
Navoiy shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Behruz Jo‘rayev xalqaro IELTS imtihonida 8,5 ball natija qayd etib, C2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, Behruz ushbu yuqori natijaga maktabning 10-sinfida tahsil olayotgan paytida erishdi.
Shuningdek, u Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qilgan va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa safida ishtirok etgan.
Behruz Jo‘rayevni ushbu yuqori natija bilan muborakbod etamiz!
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati