Yangiliklar
MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
22-sentabr 2026-yil
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ta’lim tizimidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi.
Boshqarma boshlig‘i Ra’no Hayitova rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishida boshqarma mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi qarori asosida viloyatda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Yashil” texnikum, undagi ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng ta’lim tizimida ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, edo.ijro.uz platformasidagi nazorat hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kambag‘al oilalar farzandlarini ta’lim va to‘garaklarga jalb etish, “Kelajak.uz” elektron platformasidan samarali foydalanish, 2026/2027-o‘quv yili uchun tarifikatsiya jarayonlari, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, inklyuziv ta’lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda 9-sinf bitiruvchilarini bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mavjud holat, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati