Yangiliklar
MUHANDISLIK LABORATORIYALARI — AMALIY BILIM VA INNOVATSIYA MAYDONI!
5-oktabr 2026-yil
O‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarida muhandislik laboratoriyalari tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda viloyatdagi 11 ta maktabda "Olmazor tajribasi" doirasida zamonaviy muhandislik laboratoriya xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur laboratoriyalarda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlab, robototexnika va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Tomdi tumanidagi 12-maktabda tashkil etilgan muhandislik laboratoriyasida ham o‘quvchilar uchun robototexnika yo‘nalishidagi to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy jihozlar va amaliy yondashuv asosidagi mashg‘ulotlar yoshlarning texnik ijodkorligi va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati