Yangiliklar

.

NAVOIYDA VARIATIV TA’LIM QAMROVI 3,2 BARAVARGA KENGAYDI

7-oktabr 2026-yil
image

Navoiy viloyatida o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati va kelgusidagi kasbiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda variativ ta’limni rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

2025/2026 o‘quv yilida viloyatdagi 18 ta maktabda 36 ta variativ sinfda 1 012 nafar o‘quvchi qamrab olingan bo‘lsa, 2026/2027 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 33 ta maktabdagi 114 ta sinf va 3 261 nafar o‘quvchiga yetdi.
Shu tariqa, bir yil davomida variativ sinflar hamda o‘quvchilar qamrovi 3,2 baravarga, maktablar soni esa 1,8 baravarga oshdi. Ta’lim yo‘nalishlari soni ham 7 tadan 11 taga kengaydi.
Ayni paytda variativ sinflarda eng ko‘p qiziqish moliya-iqtisod (35 ta), muhandislik (texnologiya) (21 ta) va tabiiy fanlar (18 ta) yo‘nalishlariga bildirilmoqda. Sinflarning 90 tasi o‘zbek, 18 tasi rus, 4 tasi qozoq hamda 2 tasi qoraqalpoq tilida tashkil etilgan.
Hududlar kesimida Navoiy shahri, Zarafshon shahri va Karmana tumani variativ sinflarni tashkil etish bo‘yicha faol hududlar qatoridan joy oldi.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda ta’lim jarayonini o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirish, shuningdek, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha ishlar ko‘lami tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB