Yangiliklar

.

NAVOIYDA “MUVOZANAT”: PEDAGOGLAR UCHUN PSIXOLOGIK TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA...

8-oktabr 2026-yil
image

Navoiy shahrida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun “Muvozanat” nomli uch kunlik psixologik trening davom etmoqda. Sharq universitetida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda pedagoglarning emotsional barqarorligini mustahkamlash, stressni boshqarish va kasbiy charchashning oldini olish masalalariga e’tibor qaratilgan.

Trening davomida ishtirokchilar o‘z-o‘zini boshqarish, emotsional intellektni rivojlantirish, professional motivatsiyani oshirish va jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Shuningdek, ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar ham mustahkamlanmoqda.
“Muvozanat” treninglarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 300 nafardan ortiq pedagog va psixolog ishtirok etmoqda.
Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — pedagoglarning ruhiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy salomatligini mustahkamlash va bolalar uchun sog‘lom, xavfsiz hamda ijobiy ta’lim muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB