Yangiliklar

.

BOLA RIVOJI UCHUN MUHIT QANDAY BO‘LISHI KERAK?

8-oktabr 2026-yil
image

Navoiy shahridagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini samarali joriy etish, 5 ta rivojlantiruvchi markaz faoliyatini mazmunli tashkil etish hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktabgacha ta’lim metodistlari hamda tayanch MTT direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida guruh xonalarini samarali tashkil etish, bolaga yo‘naltirilgan va o‘yinga asoslangan ta’lim yondashuvlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar qurish-konstruksiyalash va matematika, syujetli-rolli o‘yinlar, til va nutq, fan va tabiat hamda san’at markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda rivojlantiruvchi markazlarni bolalarning yoshi, qiziqishlari va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish hamda ularning mustaqil va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va qulay ta’limiy muhit yaratish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda pedagoglarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB